AVIATSIYA METEOROLOGIYASI

AVIATSIYA METEOROLOGIYASI — meteorologiya amaliy boʻlimi. Atmosfera hodisalarining samolyot va b. uchish apparatlari faoliyatiga taʼsirini oʻrganadi. Samolyotlarning uchishi, koʻtarilishi va ayniqsa qoʻnishiga bulut, kuchli shamol, elektr razryadlari, tuman, yaxmalak, chang-toʻzon va b. hodisalar taʼsir qiladi. Shu hodisalarga doir maʼlumotlar maxsus aviameteorologiya markazlarida olinadi. Aeroportlarda esa aviameteorologiya st-yalari tashkil qilinadi.