AVIATSIYA MAYOGʻI

AVIATSIYA MAYOGʻI — uchuvchiga kechasi va tuman vaqtlarida aerodromni koʻrsatib turuvchi signal qurilmasi. Ilgari (1938—40 y. larda) ikki xil: havo yoʻli va aerodrom Av. m. boʻlar edi. Havo yoʻli Aviatsiya mayogʻi bir-biridan 20—40 km oraliqda oʻrnatilar edi. Aerodrom Aviatsiya mayogʻi bevosita aerodromning oʻziga oʻrnatiladi. Quvvati 1,5 dan 3 kVt gacha choʻgʻlanma lampalar Aviatsiya mayogʻi uchun yorugʻlik manbai vazifasini oʻtaydi. Aviatsiya mayogʻi 60 — 80 km naridan koʻrinib turadi. Hozir radionavigatsiya rivojlanganligi munosabati bilan havo yoʻli Aviatsiya mayogʻi ishlatilmaydi.