AVGIT

AVGIT (yun. auge — yaltiroq) — silikatlarning zanjirsimon tizilgan kichik sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Sinishi chigʻanoqsimon. Qattiqligi 5—6. 3,2—3,6. Rangi yashil va kulrangdan qoragacha. Koʻpincha asosli va ultra asosli togʻ jinslarining tarkibiy qismi.