AVARLAR

AVARLAR (ovarlar, obrlar) — asosan turkiy qavmlardan tashkil topgan qabila ittifoqi. Slavyanlar, franklar yurtiga, Vizantiyaga tez-tez chop-quvar uyushtirib turganlar. Mil. 6-a. da Dunay havzasida Avar xoqonligi davlat birlashmasini barpo etganlar.