CHHATTISGARH

CHHATTISGARH — Hindistonning markaziy qismidagi shtat. Mayd. 135 ming km2. Aholisi 21 mln. kishi (2001).

Maʼmuriy markazi — Raypur sh. Shtat sharqda Jarkxand va Orissa, gʻarbda MadhyaPradesh va Maharashtra, shim. da UttarPradesh shtatlari bilan chegaradosh. Shtat 2000-y. 1-noyabrda tashkil etilgan.

Chhattisgarh — agrar shtat. Aholining 80% q. x. da band. Maydonining 43% ishlanadi. Asosiy ekini — sholi, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxori, dukkaklilar ekiladi, zaytunzorlar bor. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan. Shtat hududining 44% oʻrmon. Shtatning muhim tabiiy resursi — oʻrmon mahsulotlari. Metallurgiya sanoati, poʻlat quyish va sement zdlari, mashinasozlik, oziqovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Plastmassa ishlab chiqariladi. Alyuminiy, konchilik rivojlangan. Mamlakatda ishlab chiqariladigan t. y. platformalarining 100%, sementning 20% Ch. ga toʻgʻri keladi. Temir, marganes, oltin va boksit rudalari qazib olinadi. Shuningdek, olmos, berill, ametist (safsar), aleksandrit va b. qimmatbaxr toshlar konlari topilgan.