CHOʻLBAIR TOGʻLARI

CHOʻLBAIR TOGʻLARI — Surxondaryo viloyatidagi togʻlar. Hisor togʻ tizmasining jan. gʻarbiy tarmoklaridan biri. Surxondaryoning ung irmoklari Holxanjar va Toʻpolondaryo orasida joylashgan. Jan. gʻarbdan shim. sharqqa 60 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Bal. 1500—2500 m. Eng baland joyi 3812 m. Yon bagʻirlari asimmetrik tuzilishga ega. Jan. sharkiy yon bagʻirlari ancha tik (1500 m gacha). Koʻplab daryo tarmoqlari bilan kesilgan. Choʻlbair togʻlari antiklinal tuzilishga ega, asosan, toshkoʻmir, perm, boʻr, paleogen, neogen davri choʻkindi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Iqlimi kontinental. Yogʻin shim. sharqiy qismida 800 mm dan ziyod. Yon bagʻirlaridagi boʻz, jigarrang, qoʻngʻir tuproklarda bugʻdoydoshlar, turli butalar oʻsadi, archazorlar, yongʻoqzorlar bor. Hududidan yaylov sifatida foydalaniladi.