CHULIM

CHULIM — Sibir (RF Krasnoyarsk oʻlkasi va Tomsk viloyati) dagi daryo. Ob daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 1799 km, havzasining mayd. 134 ming km2. Kuznesk Olatovidan boshlanuvchi Beliy va Chyorniy Iyus daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 785 m3/sek. Okt. — noyab. da muzlab, apr. — mayda muzdan boʻshaydi. Yirik irmoqlari oʻngdan: Kemchug, Chichkayul; chapdan — Kiya, Serej, Uryup, Yaya. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 1173 km masofada kema qatnaydi. Chulim boʻyida Nazarovo, Achinsk, Asino sh. lari joylashgan.