CHOKAR

CHOKAR — ilk oʻrta asrlar (4—8-a. lar) da qishloqning yirik mulkdor— dehqonlarning istehkomli qoʻrgʻonlari va mulklarini qoʻriklash va ularni tashqi hujumlardan muhofaza etish uchun tuzilgan yollanma qurolli otryad (guruh) Chokarlar guruhi 30—40, 50—100 va undan ortiq harbiy navkarlardan iborat boʻlgan. Ular qilich, qalqon, nayza hamda kamon va sadoq toʻla oʻklar bilan qurollangan. Chlar dehqon koʻrgʻonlariga yaqin yoki shaxar girdida bino qilingan istehkomlarda yashaganlar. Bunday istehkomlar Chokardiza deb yuritilgan. Toshkentning Chaqar va Samarqandning Chokardiza kabi mahallalari ilk oʻrta asrlarda Chokarlar joylashtirilgan qarorgoxlarning oʻrni boʻlgan. Chokarlar baquvvat va abjir hamda oʻz valinemaʼtiga sadoqatli oʻspirinlardan tanlab olingan. Bunday sadoqetli va jangovar Chokarlar bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarida dushmanga qarshi qarbiy yurishlarda qatnashar, osoyishtalik zamonda esa ularga suyanib qishloqning ziroatkoq ahrlisi ustidan oʻz xukmronligini oʻrnatishga harakat qilgan.

Ad.: Muhammadjonov A., Oʻzbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha), T., 2004.