CHOYSHAB

CHOYSHAB (fors. — tun chodiri, roʻyjo) — roʻzgʻor buyumi. Taxmonga tutish, toʻshak ustidan toʻshab qoʻyish, yotganda yopinish uchun ishlatiladi. Choyshabning toʻshak ustiga yoziladigan oq surp va oq malla boʻzdan kashtasiz, baʼzan kam kashtali qilib, taxmonga tutiladigani esa satin, shoyi, baxmal va b. matolardan kashta bilan bezab tikiladi. Keyingi vaqtlarda baʼzan roʻzgʻorda bezakli Choyshabdan soʻzana kabi badiiy buyum sifatida ham foydalanilmoqda.