CHOY (Thea) — 1) choydoshlar oilasiga mansub koʻp yillik doim yashil butalar yoki daraxtlar turkumi. Vatani — Jan. Osiyo. Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Shri Lanka, Keniya, Argentina asosiy choy yetishtiruvchi mamlakatlar qatorida turadi. Jahon boʻyicha ekin maydoni 2291 ming ga, qosildorligi 1254 kg/ga, yalpi hosili 2872 ming t (1999). 2 turi bor. Xitoy 4.n(T.sinensis; Jan. Sharqiy Osiyoning togʻli rnlarida tarqalgan) butasimon, boʻyi 1 — 3 m, sershox, bargining uz. 10 sm gacha, shakli ponasimon chuzinchoq. As s om Choyi (T.assamica; Hindiston oʻrmonlarida oʻsadi) daraxt, boʻyi tik, shoxlangan, bargining uz. 7 sm gacha. Bu turga Xitoy va assom Choy ining tabiiy duragayi boʻlgan Seylon Ch. i ham kiradi. Ildizi oʻqildiz, 1—3 m gacha tuproqqa kirib boradi. Guli qizil, oq, chetdan changlanadi, mevasi 3—4 uyali chanoq, 1000 dona urugʻi vazni 1 kg ga yaqin. Choy issiqsevar va namsevar oʻsimlik, —12° ga qadar qisqa sovuqlarga chidaydi. Tropiklarda yil boʻyi oʻsadi. 100-y. va undan ortiq yashaydi. 10—70 yoshida yaxshi hosil beradi. Qizil tusli va sariq tusli tuproklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi 60—70% namlikda va 20 — 25° da unib chiqadi, 4—5 yoshidan boshlab har yili gullaydi. Havo harorati 20° va namligi 70% boʻlgan sharoitlarda yaxshi rivojlanadi. Yosh barglarining tarkibida 72—80% suv va 20 — quruq modda, oqsil, tanin (8 — ), kofein (2,1—4,2%), qand, organik va aminokislotalar va mineral moddalar (4,7% gacha), V,, RR, V2, S vitaminlari, fermentlar (xlorofill, karotin, ksantofil), efir moyi bor. Choyning kimyoviy tarkibi uning yoshiga, turxiliga, bargni terish muddatiga, novdalarining oʻsish tezligiga bogʻliq. Yosh barglarda ekstraktiv moddalar kup.
Choy urugʻi va qalamchalaridan koʻpaytiriladi. Bahorda va kuzda qator oralari kultivatsiya qilinadi, tropik mintaqalarda har 2—3 haftada yumshatiladi, oʻgʻitlanadi. Choy oʻsimligi 2—3 yoshlik boʻlganda tuplarga shakl beriladi, yon shoxlar kesiladi. 6 yoshga yetgan oʻsimliklardan eng yosh novda uchidagi 2—3 ta barglar — hosil qoʻdda may oyidan okt. oyigacha terib olinadi. Yigʻilgan barg 2—3 soat ichida choy fkalariga topshiriladi yoki salqin joylarda saklanadi.
Choy barglaridan choy sanoati korxonalarida qadoqyaangan, barglari oʻralgan qora Choy, koʻk Choy, koʻk va qora taxta (presslangan) Choy mahsulotlari ishlab chiqariladi. Baʼzi mamlakatlarda (Hindiston, Xitoy, Yaponiya) sariq va qizil Choy ham tayyorlanadi. Choy bargining chiqindilaridan kofein, turli vitamin preparatlari va b. dorivor moddalar olinadi. Choyning urugʻidan olinadigan moy kosmetikada, konserva sanoatida va b. da ishlatiladi. Xitoy va Myanmada yangi Choy bargi isteʼmol (salat va oshkoʻk) qilinadi.
Qora oliy nav Ch. tayyorlash uchun choy bargi 40—50° (suv bugʻlanib, mahsulot elastik boʻlishi uchun)da soʻldiriladi, keyin barglar oʻraladi va fermentatsiya qilinadi. Fermentlar taʼsirida taninning achchiq fraksiyalari oksidlanadi, natijada yoqimli taxirroq taʼmli tanin, xushboʻy efir moylari hosil boʻladi. Koʻk Choy tayyorlash usuli xuddi kora Ch. nikidek, faqat barglar soʻldirilishidan oldin (barglarning koʻk rangini saqlab qolish va fermentlarning parchalanishi uchun) oʻtkir bugʻ bilan (100°) ishlanadi. Qora tosh Ch. oliynavli Choy tayyorlashdan chiqqan chiqitlardan (125 — 250 g presslanib) tayyorlanadi. Koʻk tosh Ch. kuzgi asosiy yigʻim kampaniyasi tamom boʻlgandan keyin qolgan dagʻal barglardan yoki koʻklamgi daraxtlarni butash paytida yigʻilgan barglardan tayyorlanadi.
Choyning asosiy mahsuloti — bargi va undan olinadigan quruq Choy dir. Mil. av. 4-a. da Xitoyda Choy bargi uchun ekila boshlagan. Choy ichimligi toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar mil. av. 2700-y. larga oid qoʻlyozma manbalarida uchraydi. 9-a. dan Yaponiya va Koreyada, 19-a. dan Indoneziya, Hindiston, Shri Lankada ekila boshladi. 1885-y. dan Gruziyada, 1901-y. dan Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida, 1913-y. dan Ozarbayjonda Choy plantatsiyalari tashkil topdi.
Rossiyada Choy ichimligi 1638-y. dan kiborlar doiralarida isteʼmol qilina boshlagan. 18-a. ga kelib bu ichimlik ancha ommaviylashgan va rus samovarlarining paydo boʻlishi shu davrga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonda Choy ichish qachondan boshlab urf boʻlgani haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Ayrim manbalarga koʻra, Turkiston shaharlarida hind savdogarlari Choy savdosi bilan shugullanganlar. Shaharlar va yirik qishloqlar guzarlarida faqat Choy ichimligi va tamaddi (non, qandqurs) bilan savdo qiladigan choyxonalar boʻlgan. 20-a. boshlarida xind savdogarlari Samarqandda Choy qadoklash korxonasini tashkil etganlar. 1913-y. da Oʻrta Osiyoga chetdan 720 ming pud Ch. keltirilgan (75%i koʻk Choy), uning 240 ming pudi Turkiston ulkasida, 150 ming pudi Buxoro xonligida, 40 ming pudi Xiva xonligida sotilgan.
1923-y. da Oʻrta Osiyoda yagona va chetdan keltiriladigan xom ashyoda ishlaydigan Samarkand choy qadoqlash fabrikasi ishga tushirildi.
90-y. lar boshidan Samarkand, Namangan, Toshkent sh. larida Buyuk Britaniya, Hindiston, Argentina, Shri Lanka, Xitoy firmalari («Veta Tea», «Tata», «Impra», «Akbar», «Lipton» va b.) bilan xamkorlikda Choy importi, qadoqlash va sotish bilan shugʻullanadigan qoʻshma korxonalar tashkil topdi yoki chet el firmalarining vakolatxonalari ochildi. Oʻzbekistonda 2002-y. da 4847 t qadoqdangan Choy ishlab chiqarildi; Xolima Otaboyeva.
2) maxsus ishlov berilgan Choy barglaridan tayyorlanadigan ichimlik. Choy damlashning oʻziga xos qoidalari bor. Chinni yoki fayans choynak yaxshilab yuviladi, sungra isitish uchun qaynagan suv bilan 2—3-marta chayiladi, keyin quruq choy solib, qaynab turgan suv quyiladi (choynakning 1/2 hajmida), choynakni qalin qilib sochiq yoki maxsus yopqich bilan urab 5—7 min. damga qoʻyiladi, soʻngra choynakka toʻlguncha qaynab turgan suv quyiladi. Choy shamasi choynak tubiga chukkandagina choy tayyor hisoblanadi. Choyni turli shirinliklar (qand, murabbo, asal), sut, qaymoq bilan ichish mumkin.
Choyning organizmni tetiklashtiruvchi xususiyati uning tarkibidagi kofein (4%) miqdoriga bogʻliq. Choy kofeyni qahva kofeiniga nisbatan organizmga yengil taʼsir qiladi va organizmda yigʻilmaydi.
Oʻzbekistonda asosan koʻk choy (Toshkent sh. va Toshkent viloyatida kora choy) ishlatiladi, organizmni tetiklantiruvchi xususiyati va tarkibidagi R vitaminining koʻpligi jihatidan qora choydan ustun turadi. Choyni ovqat oddidan, ovqatdan keyin, hazmni yengillashtiruvchi, chanqoqbosar ichimlik sifatida, asosan issiq yoki yaxna holida ichiladi.
Oʻzbek xalqi urfodatlariga koʻra, mehmon oddiga non bilan birga, albatta Choy ham keltiriladi.