CHIMYONSOY

CHIMYONSOY — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Chirchiq daryosining chap irmogʻi. Uz. 17 km, xavzasining mayd. 39,3 km2, havzasining oʻrtacha bal. 1635 m. Katta Chimyon togʻining gʻarbiy yon bagʻridan 2000 m balandlikdagi buloqdan boshlanadi. Chimyonsoy boshlanish qismida yon bagʻirlari baland darasimon tor vodiyda va toshloqoʻzanda oqib, nisbati kengroq Chimyon soyligiga chiqadi (soylikning tubi gʻovak jinslardan tarkib topgan). Qiziljar irmogʻi qoʻshilgan joyda yana tor vodiyda oqadi. Irmoqlari Katta Koʻksoy, Kiziljar; soyga koʻplab bulok, suvlari quyiladi.

Chimyonsoyning oʻrtacha yillik suv sarfi 0,6— 0,7 m3/sek. Asosan, qor va yer osti suvlaridan toʻyinadi; yer osti suvlari yillik oqimning 70%ni tashkil etadi. May— iyun oylarida suvi koʻpayadi, dek,—fev. da kamayadi. Chimyonsoydan sugʻorishda foydalaniladi.

Chimyonsoy vodiysida sil kasalliklari sanatoriysi, bolalar oromgoxlari, pansionatlar joylashgan. Changʻi musobaqalari oʻtkaziladi.