CHIDAMLILIK (texnikada) — buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning muayyan muddatgacha, yaʼni maʼlum chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini saklash xossasi. Buyumlarning Chidamlilik darajasi ularning qanday materialdan yasalganligiga, ularni saqlash va ishlatish sharoitlariga bogʻliq boʻladi. Buyumlarni shartli ravishda taʼmirlanadigan (tuzatib turiladigan) va taʼmirlanmaydigan (buzilganidan keyin tashlab yuboriladigan) turlarga boʻlish mumkin. Taʼmirlanadigan buyumlar (uyroʻzgor buyumlari, gaz va elektr asboblari, soatlar va b.)ning maʼlum chegaraviy holati (yaʼni Chidamlilik chegarasi) ularning eskirishi, teztez ishlamay qolishi yoki tuzatish uchun sarflanadigan mablagʻning oʻzini okdamasligi bilan belgilanadi. Ayrim hollarda buyumlardan foydalanish qoidalarining buzilishi, xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik ham ularning Chidamlilik chegarasiga taʼsir qiladigan omillar hisoblanadi. Buyumlarning maʼnaviy eskirishi (yangiyangi rusumli, dizayni yaxshilangan buyumlarning ishlab chiqarilishi) ham ularning chegaraviy holatini belgilaydi. Taʼmirlanmaydigan buyumlar (mac, yoritish lampalari, tishli gʻildiraklar va b.) Ch. gi uchun chegaraviy holat ularning ishdan chiqishi (mac, lampochka tolasining kuyishi, shesternya tishining sinishi va b.) bilan bogʻliq boʻladi va ularni tashlab yuborishga toʻgʻri keladi.
Bino va inshootlarning Chidamlilik gi deganda ularning talab etiladigan foydalanish koʻrsatkichlarini saqlagan holdagi xizmat muddati tushuniladi. Bunday Chidamlilik maʼnaviy va jismoniy turlarga boʻlinadi. Maʼnaviy Chidamlilik — bino va inshootlarning oʻzgaruvchan foydalanish shartlariga yoki xavfsizlik va estetika talablariga javob bermay qolguncha boʻlgan xizmat muddati. Bu muddatni oʻtab boʻlgan bino yoki inshoot (mac, turar joy binosi yoki koʻprik) mukammal (kapital) taʼmirlashdan chiqariladi yoki buzib tashlanadi. Jismoniy Chidamlilik mexanik zoʻriqish (nagruzka) va fizikkimyoviy omillar taʼsirida boʻlgan asosiy yuk tushuvchi konstruksiya yoki elementlar (mac, binoning poydevori, sinch devori, koʻprikning ustuni va b.)ning yemirilishi bilan belgilanadi. Bino va inshootlar bunday ahvolga tushmasligi uchun maxsus izolyatsiya materiallari qoʻllanadi, poydevorlarga qora moy surkaladi, binolar vaqtivaqti bilan tezlab turiladi, koʻpriklarning yemirilgan ustunlari almashtiriladi, foydalanishga doir qoidalarga qagiy rioya qilinadi va b. Shunda bino va inshootlarning xizmat muddati uzayadi. Davlat standartlashtirish tashkilotlari tomonidan bino va inshootlar uchun qurilish meʼyorlari va qoidalari belgilab qoʻyiladi. Bu meʼyorlar va qoidalarga koʻra, Oʻzbekistonda bino va inshootlarning xizmat muddati (vazifasi, qurilgan joyi va b. ga koʻra) kamida 20 yil, 50 yil va 100-yil qilib belgilangan.
Buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning Chidamlilik xossalarini oʻrganish, bu xossalarni yaxshilash, xizmat muddatini uzaytirish choratadbirlarini koʻrish davlat miqyosidagi muhim ish hisoblanadi. Bu ishlar bilan maxsus tashkilotlar, i. t. muassasalari, standartlashtirish va sertifikatsiyalash idoralari shugʻullanadi.