CHIVINLAR

CHIVINLAR, uzun moʻylovli ikki qanotlilar (Nematocera) — ikki qanotli hasharotlar kenja turkumi. 20 mingdan ortiq turi, 35 oilasi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Koʻpchilik Chivinlarning tanasi va oyoqlari ingichka, juda uzun. Asosan, lichinkalik davrida ozikdanadi. Lichinkasining ogʻiz apparati kemiruvchi tipda. Chivinlar suvda, nam tuprokda, oʻsimliklar toʻqimasida va chirindilar orasida yashaydi. Voyaga yetgan Chivinlar havoda hayot kechiradi, kamdankam turi (mac, yapon dengiz chivini)ning barcha rivojlanish fazasi suvda oʻtadi. Chivinlarga gʻurra yasarlar, zamburugʻ chivinlari, uzunoyoq Chivinlar, jarangdor Chivinlar, qon soʻrar Chivinlar, zahkashlar, iskaptoparlar, bukri pashshalar va b. oilalar kiradi. Chivinlar oʻsimlik toʻqimasi, odam va hayvon qoni bilan (bunda yuqumli kasalliklarni tarqatadi) oziklanib zarar keltiradi. Kon soʻradigan Chivinlar turli yuqumli kasalliklarni (mac, bezgak, leyshmanioz) nk tarqatadi. Chivinlar hasharotxoʻr hayvonlar (qushlar, koʻrshapalaklar)ning, ularning suvdagi lichinkasi esa suv hayvonlari, ayniqsa, yosh baliqlarning asosiy Oddiy chivin ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston faunasida haqiqiy Chivinlar (25 ga yakin tur), bukri chivinlar (51 tur), zahkashlar (60 tur), iskabtoparlar (17 tur) keng tarqalgan.