CHIANGMAY

CHIANGMAY, Chiyengmay Tailandning shim. gʻarbiy qismidagi shahar, Ping daryosi boʻyida. Chiantmay changvatining maʼmuriy markazi. Aholisi 160,2 ming kishi (1999) . Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Q. x. (sholi, choy) hamda oʻrmonchilik rnining savdo markazi. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, universitet bor. Ipak va lok ishlab chiqariladi. Shaharga 13-a. oxirida asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan 13—14-a. larda qurilgan ibodatxonalar saqlangan. Chiangmay yakinidan tarkibida volfram, barit, qoʻrgʻoshin, lignit xom ashyosi boʻlgan yirik konlar topilgan hamda neft qazib olinadi.