ChESKEBUDEYOVITSE

ChESKEBUDEYOVITSE — Chexiyadagi shahar, Vltava daryosi buyida. Budeyovitse viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 98 ming kishi (2000). Mashinasozlik, oziq-ovqat («Budvar» pivo zdi va b.), yogʻochsozlik (qogʻoz, «KoxiNor» qalami va b. kanselyariya buyumlari i. ch.) sanoati korxonalari mavjud. Oʻrta asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar (gotika uylari, monastirlar, cherkovlar va ratusha) saqlangan.