ChERYAZOVA Lina Anatolyevna

ChERYAZOVA Lina Anatolyevna (1968.1.11, Toshkent) — fristaylchi, «Oʻzbekiston iftixori» (1998), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (1994). Oʻzbekiston jismoniy tarbiya intini tugatgan (1994). Cheryazova fristaylning akrobatika turi boʻyicha jahon chempioni (1993, Altenmark), 2 karra jahon kubogi gʻolibi (1993, 1994), qishki olimpiada oʻyinlari chempioni (1994, Lillexammer). Osiyo oʻyinlari (1996, Xarbin) va Nagano olimpiadasi (1998)da katnashgan.