ChERCHILL

ChERCHILL — Kanadaning markaziy qismidagi dare. Uz. 1400 km (Biver irmogʻi bilan birga 2000 km dan ziyod). Havzasining mayd. 282 ming km2. Buyuk tekisliklardan oqadi va keng oʻzan hosil qilib Gudzon qoʻltigʻiga quyiladi. Cherchill sistemasida koʻl koʻp. Yirik irmogʻi — Biver. Oʻrtacha suv sarfi 1200 m3/sek., bahorda toshadi. Noyab. dan iyungacha muzlaydi. Suv omborlari va GES qurilgan. Kuyilish qismida Cherchill porti joylashgan.