ChERNOGORIYA

ChERNOGORIYA (Sta Gora) , Chernogoriya Respublikasi (Republika Sta Gora) — Serbiya va Chernogoriya tarkibiga kiruvchi respublika. Mayd. 13,8 ming km2. Aholisi 635 ming kishi (1996). Poytaxti — Podgoritsa sh. Maʼmuriy jihatdan jamoalarga boʻlinadi. Aholisining kupi chernogorlar; serb va albanlar ham yashaydi. Aholining 69% xristian (pravoslav), 19% islom diniga eʼtiqod qiladi. Chernogoriyaning oʻz konstitutsiyasi, parlamenti (skupshchina) va hukumati bor.

Tabiati. Chernogoriya mamlakat jan. gʻarbida, Adriatika dengizi sohilida joylashgan. Hududining katta qismini Dinara togʻligi egallagan (eng baland joyi 2511 m, Durmitor togʻi); jan. gʻarbida Chernogoriya karstli platosi bor. Ikdimi moʻtadil, kontinental. Adriatika dengizi sohillarida oʻrta dengiz iqlimi. Yillik yogʻin oʻrtacha 1600— 1800 mm, sohillarda 3000 mm gacha. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli va aralash oʻrmonlar. Ch. da qoʻrgʻoshinrux rudalari, boksit, qoʻngʻir kumir konlari bor. Asosiy daryolari Moracha va uning irmogʻi Zeta.

Tarixi. Chernogoriya xududiga qadimda illiriylar kelib joylashgan. Mil. av. 1a. da Rim tomonidan bosib olingan. Mil. 1a. da Chernogoriya hududi (11a. gacha Duklya, keyinchalik Zeta, 15-a. dan Chernogoriya deb atalgan) Rimning Dalmatsiya, 297-y. dan Prevalitana provinsiyasiga qoʻshib olingan. 7-a. da slavyanlar kelgan. 1479-y. dan mamlakat tekislik kismi turklar tasarrufida boʻldi. 1499-y. da Chernogoriya hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. Turklarga qarshi kurashgan mitropolit Danilo Petrovich Negosh (1697—1735-y. larda hukmronlik qilgan) Negoshlar sulolasi (1697 — 1918)ga asos solgan. 1796-y. Ch. amalda mustaqillikka erishdi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804 — 15) Chernogoriya Rossiya va Serbiya tomonida boʻldi. 1852 yil Ch. merosiy knyazlik deb eʼlon qilindi. 1878-y. Berlin kongressi qaroriga binoan, Chernogoriya toʻliq mustaqil davlat deb tan olindi. 1910-y. dan Chernogoriya qirolligi deb ataddi. Chernogoriya Bolqon urushlari (1912—13)da qatnashdi. 1jahon urushi (1914—18)da Antanta tomonida turib urushdi. 1918-y. 1 dek. da Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929-y. dan Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 1941-y. apr. da fashistlar Germaniyasining Yugoslaviyaga hujumidan soʻng, Chernogoriya Italiya qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1944-y. dek. da Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi tomonidan ozod etiddi. 1945-y. noyab. dan Ch. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikadan biri boʻldi. 1991-y. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ketgach, Serbiya bilan Ch. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003-y. 4 fev. dan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshladi.

Xoʻjaligi. Sanoati mineral xom ashyolarni qazib olish va unga ishlov berish, q. x. mahsulotlarini qayta ishlash bilan bogʻliq. Boksit, qoʻrgʻoshinrux rudalari, qoʻngʻir kumir, tuz kazib olinadi. Zeta daryosida GESlar qurilgan, yirik issiklik elektr styasi mavjud. Sanoatning asosiy tarmoqlari metallsozlik, kimyo, koʻnteri va poyabzal sanoati. Elektrotexnika (Setine), kema taʼmirlash (Kotor), yogʻochsozlik, toʻkimachilik hamda oziqovqat (jumladan, tamaki) mahsulotlari i. ch. korxonalari, goʻsht ktlari, baliqni qayta ishlash, sut zdlari bor.

Q. x. dagi yetykchi tarmoq — togʻyaylov chorvachiligi (asosan, qoʻychilik). Togʻ yaylovlari va dare vodiylarida makkajoʻxori, bugʻdoy, tamaki, sabzavot yetishtiriladi. Bogdorchilik va tokchilik rivojlangan. Adriatika dengizi sohili Chernogoriyaning subtropik oʻsimliklar (sitrus mevalar, zaytun va b.) oʻstiriladigan muhim rni xisoblanadi. Sayyohlikdan katta daromad olinadi, dengiz sohilida kurort koʻp. Asosiy dengiz portlari — Bar va Kotor. Bar — Belgrad yoʻnalishida elektrlashtirilgan t. y. magistrali mavjud. Asosiy aeroporti Podgoritsada.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Taʼlimning asosiy turi — 8 y. lik maktab. 2 y. lik umumiy oʻrta maktablar, maqsadli oʻrta taʼlim maktablari, 8 y. lik maktab negizida ishchi malakasini beruvchi qoʻshimcha maktablar mavjud. Podgoritsada universitet (1973), Nikshichda ped. akademiyasi, Kotorda oliy dengiz maktabi bor. Chernogoriya fan va sanʼat akademiyasi (1976-y. tashkil etilgan), tarix, geol. va kimyoviy tadqiqotlar, gidrometeorologiya, dengiz biol. si intlari, seysmologiya styasi bor. Bir qancha kutubxona, jumladan, Setine sh. da Markaziy xalk, kutubxonasi ishlaydi. Yirik muzeylari: Qad. sanʼat, etn., tarix muzeyi, Negosh Petrovich muzeyi, Dengiz muzeyi.

Kundalik «Pobeda» («Gʻalaba») gaz. serb tilida 1943-y. dan chiqadi. Podgoritsada radiostya va telemarkaz ishlaydi.

Adabiyoti. Chernogor adabiyoti qoʻshni xalklar adabiyoti, ayniqsa, serb adabiyoti bilan uzviy aloqada rivojlangan. Birinchi yirik bosma adabiy asar Ch. da hukmronlik qilgan Vasiliy Petrovich (1709 — 66)ning «Chernogoriya toʻgʻrisida tarix» asari boʻlib, u 1754-y. Moskvada nashr etilgan. Yangi chernogor adabiyotining boshlanishi 18-a. oxiri — 19-a. 1yarmiga toʻgʻri keladi. Uning asoschisi shoir va davlat arbobi Pyotr II Petrovich Negoshdir (1813 — 51). Uning ijodi chernogor sheʼriyatida 1918-y. gacha eng yuksak choʻqqi hisoblanadi. «Chernogoriyaning qisqacha tarixi» asari (1835-y. nashr etilgan) muallifi hukmron Pyotr (Petar) I Negosh sheʼriy asarlar ham yozgan. 1827 — 31 y. lar Chernogoriyada yashagan serb yozuvchisi va tarixchisi S. MilutanovichSarayliya «Chernogoriya tarixi» asari (1835)ni va 2 drama yozgan. 19-a. — 20-a. boshlaridagi nazmda S. M. Lyubishi va serb yozuvchisi S. Matovul xikoyalari ajralib turadi. S. Matovul bir necha yil Chernogoriyada yashab chernogor xalqi turmushini aks ettiruvchi bir qancha hikoya va roman yozgan. Bu davrda yozuvchilardan L. Yovovich, S. Vuletich, M. Tomich, S. Shobaich samarali ijod kildilar. 30-y. larning boshlarida boshqa xalklar adabiyotidagi kabi Chernogoriya adabiyotida ham «ijtimoiy realizm» okimi vujudga keddi va shu oqim yoʻnalishida sheʼriy asarlar yaratildi. Bular R. Zogovichning «Musht» (1936), «Olovli kaptarlar» (1937) toʻplamlari, «Kelgindilar» dostoni (1937); M. Banevichning «Oʻrmon» (1938), «Olovli tong» (1941) toʻplamlari; Ya. Jonovichning «Ikki dare» (1938) va M. Vukovichning «Yer» (1934) toʻplamlari. Shu yillarda D. Jurovich «Togʻliklar orasida» hikoyalar toʻplami (1936), «Duklya mamlakati» romani (1939), N. Lopichich D«yehqonlar» hikoyalar toʻplami (1939)ni yaratdilar va ularda chernogor xalkining real hayotini aks ettirdilar. 1950—70 y. lar adabiyotida M. Lalich alohida oʻrin tutadi. Uning «Toʻy» (1950), «Yomgʻirli bahor» (1953), «Uzilish» (1955), «Leley tom» (1962) romanlarida xalq ozodlik kurashi mavzui yorkin aks etgan. A. Asanovich, Ch. Vukovich kabi yozuvchilar ham shu mavzuda hikoya va romanlar yaratdilar. Bu davr sheʼriyati yutuklari R. Zogovich, D. Jonovich, M. Banevich, D. Kostich, R. Veshovich, M. Kral, S. Petrovich, Ye. Brkovich kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Dramaturgiya sohasida Ye. Brkovich,. V. Ivanovich, J. Komanin va b. ning pyesalari alohida oʻrin tutadi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Chernogoriya hududidan neolit davriga oid sopol idishlar topilgan. Illiriylarning mustahkamlangan qoʻrgʻon va nekropollari jez davri oxiri va temir davri boshlarida barpo etilgan. Oʻrta asrlarda Chernogoriya meʼmorligi Italiya va Dalmatsiya, Serbiya va Vizantiya madaniyatlari taʼsirida rivojlandi. 11 a. da roman uslubidya cherkovlar qurildi. 12 — 13-a. larda Avliyo Tripuna sobori (1166), avliyo Pavel cherkovi (1263 — 66; ikkalasi Kotor sh. da), Morach monastiri cherkovi kabi inshootlar qurildi. 14—15-a. lardadengizbuyirnlaridagi binolarda roman uslubidagi shakllar bilan uygʻunlashgan gotika uslubi belgilari paydo boʻldi (Savch, Bar, Kotordagi cherkov va uylar). 17 — 18-a. lar cherkov qurilishida barokko uslubi keng qoʻllanildi (Prchandagi cherkov). 19-a. oxirida shaharlarda soʻnggi klassitsizm ruhida hashamatli binolar (Setinedagi Danilov saroyi, 1894—95) va eklektik inshootlar (Kotordagi avliyo Nikola cherkovi, 1910) paydo boʻldi. 1960—70 y. lar meʼmorligi uchun milliy oʻziga xoslik, manzara bilan uygʻunlashtirib tasvirlash xarakterli («Podgoritsa» mehmonxonasi, 60-y. lar, meʼmor S. Radevich; «Beko» univermagi, 1961, meʼmor B. Minch, ikkalasi ham Podgoritsada; Xersegnovidagi mehmonxonalar majmuasi, 1963, meʼmor D. Katarina, P. Milorad; Budva, Trstenodagi kurort majmualari va b.).

Neolit davrida geometrik shakl va nakshlar bilan bezatilgan keramika rivojlangan. 11 —11-a. dan mahobatli rangtasvir namunalari saqlangan (Ston yaqinidagi avliyo Mixail cherkovi freskalari). 13—14-a. tasviriy sanʼatida roman va gotika uslubi unsurlari qoʻshilib ketdi (Morachdagi monastir cherkovlari freskasi, 1252). 15 — 16-a. rassomlar ijodida uygonish davri belgilari mavjud (Lavro Marinov va Visko Dobrochevichi). 17—18-a. larda mahalliy rassomlardan J. Mitrofanovich, A. Vuichich, T. Kokolya ajralib turadi. Vizantiya sanʼati anʼanalari miniatyurada saklanib qoldi. 19-a. 2yarmi — 20-a. boshlaridan Chernogoriyaning oʻz tasviriy sanʼati shakllandi. Rassomlar milliy tarix mavzuidagi portret, kompozitsiyalar yaratdilar (P. Pochek, M. Gregovich, I. Shobaich). 20-a. ning 20—30-y. larida rassomlar M. Milunovich, P. Lubarda, haykaltarosh R. Stiyovich samarali ijod qildilar. Chernogoriyada monumental sanʼat hamda tematik, portret va peyzaj rangtasvir rivojlangan.

Musiqasi. Chernogoriyada 19-a. oxirigacha faqat xalq musiqa madaniyati rivojlangan. Xalq epik, qaxramonlik, lirik, marosim qoʻshiklarini ijro etishning qad. anʼanalari saqlangan. Xalq musiqasining asosiy cholgʻusi qoʻbizsimon gusle. Oro raqsi keng tarqalgan. 19-a. oxirida musiqiy jamoa tashkilotlari va ijrochi jamoalar paydo boʻldi. Kompozitor Y. Ivanishevich, xormeyster A. Ivanovich dastlabki professional musiqachilaridandir. Birinchi musika maktabi 1924-y. Setineda tashkil etilgan. 2-jahon urushi (193945) dan keyin Setine (1947), Podgoritsa (1950, M. Milyanov nomida), Kotor (1950) va b. shaharlarda musiqa maktablari ochildi. Podgoritsada Radioning simfonik orkestri va aralash xori, «Oro» xalq ashula va rake ansambli bor. Havaskorlik xor jamiyatlari, Chernogoriya kompozitor ijrochimusiqachilar jamiyati ishlaydi.

Teatri. Chernogoriya professional teatri 19-a. — 20-a. 1yarmida rayem boʻlgan teatrlashtirilgan marosimlardan boshlanadi. Teatr madaniyatini rivojlantirishda Pyotr II Petrovich Negosh ijodi katta ahamiyatga ega boʻlgan. Uning «Togʻ toji» (1847) va «Soxta podsho Stepan Mali» dramatik asarlari Chernogoriya oʻtmishiga bagʻishlab yozilgan (havaskor teatr toʻgaraklari tomonidan qoʻyilgan). 1953-y. Podgoritsada Chernogoriya milliy teatri (drama va opera truppalari bilan) tashkil etilgan. Rej. lardan B. Erakovich, aktyorlardan V. Mandich, D. Tomas, B. Vukovich va b. mashhur.