ChERNOVSI UNIVERSITETI

ChERNOVSI UNIVERSITETI — Ukrainadagi yirik universitetlardan biri. Chernovsi sh. da. 1875-y. diniy seminariya negizida tashkil etilgan. Mat., fizika, biol., kimyo, geogr., tarix, filol. va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Ilmiy kutubxonasida 1,7 mln. dan ortiq asar saqlanadi. 9 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.