ChERNOVSI

ChERNOVSI (1944-y. gacha Chernovitsi) — Ukrainaning Chernovsi viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Karpat togʻlari etagida, Prut daryosi sohilida. T. y. va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 240,6 ming kishi (2001).

Chernovsi Kiyev Rusi tarkibiga kirgan qad. shaharlardan. Shahar 1408-y. dan maʼlum. U teztez qoʻddan qoʻlga oʻtib turgan. Avval AvstriyaVengriya, keyin Ruminiyaga qaram boʻlgan. 1940-y. da Shim. Bukovina tarkibida USSRga qoʻshilgan.

Gʻarbiy Ukrainaning yirik sanoat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: yengil (tikuvchilik, qoʻlqoptrikotaj, poyabzal, paypoq, ipgazlama korxonalari), oziq-ovqat (goʻsht, yogʻmoy ktlari, shakarqand, sabzavot quritish va konserva zdlari), mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, neft sanoati apparaturalari, yengil sanoat uchun uskunalar, hisoblash texnika vositalari, elektr priborlar i. ch.), yogʻochsozlik (mebelsozlik va taxta tilish) korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. 2 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 2 teatr, filarmoniya, xalq meʼmorligi va turmushi, oʻlkashunoslik, O. Yu. Kobilyanskaya va A. Fedkovichlarning adabiymemorial muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Nikolay (17-a.), Pyatniskaya, Klokuchkadagi Troitsa, Kalichankadagi Uspeniye yogʻoch cherkovlari (barchasi 18-a.) saqlangan.