ChERNOVA Olga Aleksandrovna

ChERNOVA Olga Aleksandrovna (1924.13.7, Chelyabinsk viloyati Troisk sh. — 1985.26.8, Toshkent) — rej., pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1949-y. aktyorlik fti, 1979-y. rej. lik fti). 1943—48 y. lar Toldiqoʻrgʻon viloyat (Qozogʻiston) drama teatrida aktrisa, 1957 — 85 y. lar M. Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida (1966—70 y. lar Kuybishev viloyat drama teatrida) rej. (1978—81 y. lar bosh rej.). Ayni vaqtda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida oʻqituvchi, prof. (1949 — 85). Chernova «Quvonch izlab» (V. Rozov), «Jinoyatvajazo» (F. Dostoyevskiy), «Okean» (A. Shteyn), «Chayka» (A. Chexov), «Yolgʻonchi darkor» (D. Psafas), «Momo yer» (Ch. Aytmatov), «Qil ustida» (N. Hikmat), «Valentin va Valentina» (M. Roshchin), «Beozor qariyalar» (M. Bogucharov), «Uch pulga qimmat opera» (B. Brext), «Avlabar bekasi» (A. Sagareli), «Abadiyat qonuni» (N. Dumbadze) va b. Ch. sahnalashtirgan eng yaxshi spektakllardir.