ChERNIKA

ChERNIKA (Vaccinium) — erikadoshlarga mansub buta yoki yarim butalar turkumi. 200 dan ortiq turi bor. Yevrosiyo va Shim. Amerikaning oʻrta va sovuq iklim sharoitlarida, Kavkaz, Gʻarbiy va Sharqiy Sibir hamda Uzoq Sharqsa tarqalgan. Oddiy Chernika (V. myrtillus) turi AQSH va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ekiladi. Boʻyi 15—40 sm. Ildizi uzun, tarqoq. Gullari ochyashil, gulbandlarida yakkayakka joylashgan. May—iyunda gullaydi. Chetdan changlanadi. Mevasi iyulavg. da yetiladi, tarkibida 12% oshlovchi modda, 44 mg% S vitamini, qand, limon va olma kislotasi, boʻyoq moddalari, siydik va qonda qand miqdorini kamaytiruvchi neomirtillin glikozidi bor. Yangi mevasidan kisel, vino, likyor va b. tayyorlanadi. Tibbiyotda Chernikaning quritilgan mevalaridan ich ketishini qoldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Oq qaragʻay, qaragʻay, eman, qayin, kashtan oʻrmonzorlarida, tundra, oʻrmon tundra, toglarda usadi. Tabiiy holda ildizpoyasidan koʻpayadi.