ChERNIGOV VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932-y. 7 okt. da tashkil etilgan. Mayd. 31,9 ming km2. Aholisi 1199,1 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 42%. 22 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 15 shahar, 31 shaharcha bor. Yirik shaharlari: Chernigov, Priluki, Nejin. Markazi — Chernigov sh.
Chernigov viloyati Dneprning chap irmogʻi — Desna daryosi havzasida joylashgan. Yer yuzasi tekislik, shim. sharqdan jan. gʻarbga tomon qiya. Iklimi moʻtadil kontinental. Yozi iliq. Yanv. ning urtacha trasi —6°, —8°; iyulniki 19—20°. Yiliga 500—600 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190— 200 kun. Asosiy daryosi — Desna. Mayda kul kup. Shim. qismida chimli podzol, qumli, qumloq, jan. da qoratuproq tuproklar keng tarqalgan. Viloyat xududining 1/5 kismi oʻrmon (qaragʻay, grab, dub, juka). Oʻrmon va urmonli dasht hayvonlari uchraydi.
Viloyatda bir kancha neft konlari ochilishi natijasida neft, neftni qayta ishlash sanoati tarmoklari vujudga keldi. Chernigov viloyati torf zaxiralari boʻyicha mamlakatda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Temirruda, fosforit, mergel konlari bor.
Yengil sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik korxonalarining salmogʻi katta. Mashinasozlik va metallsozlikda q. x. mashinalari, yongʻinga qarshi asbobuskunalar, avtomobil ehtiyot qismlari i. ch. tajribaeksperimental, maxsus qirqish asboblari, taʼmirlash zdlari ishlab turibdi. Kime va neft kimyosi sanoatlari («Ximvolokno» i. ch. birlashmasi, plastmassa, lok va boʻyoq korxonalari) vujudga kelgan. Mebel, musiqa asboblari (pianino) i. ch. korxonalari, texnik qogʻoz fkasi bor. Yigʻma temirbeton konstruksiyalar, tunuka materiallar, gʻisht ishlab chiqariladi. Goʻsht, moysir, sut, shakarqand, pivo, kraxmalqiyom zdlari faoliyat koʻrsatadi. Sabzavotni qayta ishlash rivojlangan.
Viloyat q. x. kartoshka, don, qand lavlagi, uzun tolali zigʻir, sabzavot yetishtirish va sutgoʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Q. x. da foydalaniladigan yerlar viloyat hududining 70% ga yakinini tashkil etadi. Don, kartoshka, texnika va ozuqa ekinlari ekiladi. Yaylov va pichanzorlar 30%ga yaqin maydonni egallaydi.
Jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. T. y. uzunligi 900 km ga yakin. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 4 ming km chamasida. Dnepr va Desna daryolarida kema qatnaydi. Havo yoʻli rivojlangan. 2 ped. int, 8 muzey, tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxona, 2 teatr bor.