ChERKESSK

ChERKESSK (1825-1931-y. larda Batalpasha stansiyasi, 1936—37 y. larda Sulimov, 1939-y. gacha Batalpashinsk) — RF QorachoyCherkasiya Respublikasidagi shahar (1931-y. dan). KrrachoyCherkasiya Respublikasi poytaxti (1991-y. dan). Kuban daryosi boʻyida. T. y. stansiyasi. Aholisi 116,2 ming kishi (2002). Mashinasozlik (sovitkichlar, past voltli apparatura i. ch.), elektrotexnika, kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Texnologiya inti, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, bir necha ilmiy tadqiqot inti faoliyat koʻrsatadi. Shahar 1803-y. da rus harbiylarining Kavkazdagi tayanch punkti sifatida vujudga kelgan. 1922—26, 1957—91 y. larda QorachoyCherkasiya muxtor viloyati, 1926—28 y. larda Cherkasiya okrugi, 1928—43 y. larda Cherkasiya muxtor viloyati markazi.