ChERKASSI VILOYATI

ChERKASSI VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat, 1954-y. 7 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 20,9 ming km2. Aholisi 1336,8 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 43%. 20 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 15 shahar, 19 shaharcha bor. Yirik shaharlari: Cherkassi, Uman, Smela, Zvenigorod, Zolotonosha, Kanev, Shpola. Markazi — Cherkassы sh.

Kremenchug va Kanev suv omborlarining (Dnepr daryosi) har ikkala sohilida. Oʻng sohilidagi katta qismi Dneprboʻyi qirlari (eng baland joyi 270 m), chap sohilidagi qismi Dneprboʻyi pasttekisligida joylashgan. Iqlimi moʻtadil kontinental, yanv. ning oʻrtacha trasi —5°, iyulniki 19,5°. Yillik yogʻin 450—500 mm. Vegetatsiya davri 206—212 kun. Yirik daryosi — Dnepr. Tipik podzollashgan qora, sur tuproklar, chap sohilida oʻtloq va chimli podzol tuproqlar keng tarqalgan. Viloyat hududining 15,5% oʻrmon. Dasht oʻsimliklari kam tarqalgan. Oʻrmon va dasht hayvonlari uchraydi.

Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — oziq-ovqat sanoati (goʻsht ktlari, sut, spirtaraq va b. zdlar). Qandshakar i. ch. boʻyicha viloyat mamlakatda 1oʻrinda. Mashinasozlik va metall sozlik rivojlangan. Kimyo kti, kimyoviy tola, kimyoviy reaktivlar, plastmassa zdlari ishlab turibdi. Shoyi va ip gazlamalar, gigroskopik paxta, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqariladi. Cherkassi issiqlik elektr markazi va Kanev GES viloyatni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Qurilish sanoati rivojlangan (uysozlik kti, granit karyeri, gʻisht zdlari). Q. x. lavlagidon ekinlari yetishtirish va goʻshtsut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Don, qandlavlagi, kartoshka, ozuqa ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilikning ham salmogʻi katta. Viloyat xoʻjaliklarida qoramol, qoʻyechki va parranda boqiladi.

T. y. uzunligi 605 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 5,6 ming km ga yaqin. Dnepr daryosida kema qatnaydi. Havo transporti rivojlangan. 3 oliy oʻquv yurti, 7 muzey, 2 teatr, filarmoniya faoliyat koʻrsatadi.