ChERKASSI

ChERKASSI — Ukrainaning Cherkassi viloyatidagi shahar (1795-y. dan), viloyat markazi. Kremenchug suv ombori (Dnepr daryosi) oʻng sohilidagi port. T. y. va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 295,4 ming kishi (2001). Cherkassi Litva qoʻl ostida boʻlgan Kiyev knyazligi tarkibida 1394-y. dan maʼlum. 1954-y. dan viloyat markazi. Sanoatning muhim tarmoqlari: kimyo, mashinasozlik va metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlari. Yirik korxonalari: kimyo kti, kimyoviy tola va kimyoviy reaktivlar, plastmassa va b., «Rotor» i. ch. birlashmasi, shakarqand, sut zdlari, konserva, goʻsht, tamaki, tikuvchilik birlashmasi, trikotaj fkalari, shoyi gazlamalar kti va b. faoliyat koʻrsatadi. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. Ped. inti, 2 teatr, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi bor.