ChERKASLAR

ChERKASLAR (oʻzlarini — adige deb atashadi) — Qorachoy Cherkasiyadagi xalq (40,2 ming kishi). RFda jami 50,7 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Turkiya va Old Osiyoning boshqa mamlakatlarida kelib chiqishi Shim. Kavkazdan boʻlgan barcha aholini Cherkaslar deb ataydilar. Umumiy soni 270 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kabardin-cherkas tilida soʻzlashadi. Dindor Cherkaslar — sunniy musulmonlar.