ChERIKLAR

ChERIKLAR, choriklar — turkiy qabilalardan biri. «Cherik» etnonimi 8-a. dan buyen maʼlum. Cheriklar qad. turkiy qabilalardan biri sifatida ilk va soʻnggi oʻrta asrlarda oʻzbeklar va qirgʻizlar tarkibida boʻlganlar. Cheriklar Fargʻona qipchoqlarining sari qipchoq uyushmasiga kirgan. Nurota turkmanlari tarkibida cherikli tarmogʻi mavjud boʻlgan. Shuningdek, urugʻ tarmogʻi sifatida qirgʻizlarning bogʻish qabilasi tarkibiga ham kirgan. Oʻzbeklar tarkibidagi Cheriklar oʻtroqlashib dehqonchilik, qirgʻizlar ichidagi Cheriklar chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Davrlar oʻtishi bilan Cheriklarlar oʻzbek va qirgʻizlar tarkibiga qoʻshilib ketganlar.