ChEREPITSA

ChEREPITSA (rus.) — asosan, bino tomiga yopish uchun ishlatiladigan kurilish materiali. Cherepitsa larning aksariyati sopol va sementkum krrishmasidan tayyorlanadi. Sopol Cherepitsalar 1000 — 1100°S trada kuydirish yoʻli bilan, sementqum qorishmali Cherepitsalar esa mexanik presslar yordamida tayyorlanadi. Cherepitsa nishabi kamida 30° li tom ustiga oʻrnatilgan yogʻoch reykalarga birbiriga ilashtirib terib chiqiladi. Oʻzbekistonda kam tarqalgan, lekin keyingi yillarda plastmassa, metall va b. materiallardan tayyorlangan Cherepitsalar paydo boʻla boshladi.