ChEREMUXA

ChEREMUXA (Padus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub daraxt yoki butalar turkumi. Boʻyi 2—17 (20) m, diametri 40 sm. Shoxshabbalari keng, kalin, egilib turadigan poyasining poʻstlogʻi kulrangqora, yosh novdalariniki ochiq yashil yoki qiziljigarrang, yaltiroq. Bargi 5—15 sm. Gullari xushboʻy, hidli, 8—12 sm uzunlikdagi shingilga toʻplangan. Mevasi danakli, bir urugʻli, sharsimon kora, yaltiroq, shirin reeavor. May—iyun oylarida gullaydi. Bargi, poʻstlogʻi, guli, mevasi va urugʻida amigdalin glyukozidi bor. Shim. Amerika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. 20 turi maʼlum. Shulardan oddiy Cheremuxaning (P.racemosa) ahamiyati katta. Oʻzbekistonda oddiy Cheremuxa va virgi n Ch. manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Poʻstlogʻidan yashil va qoʻngʻir boʻyoq olinadi. Mevasida olma, limon kislota va 5% qand, bargida vitamin S va efir moyi — prunozin bor. Mevasi isteʼmol qilinadi va ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi, shuningdek, ichburugʻga qarshi dori tayyorlanadi.