ChEPRAKOV Konstantin Pavlovich

ChEPRAKOV Konstantin Pavlovich (1907.13.9, Ukraina, Berdyansk sh. — 1972.31.5, Toshkent) — moyboʻyoqchi rassom, grafik. Oʻzbekston xalq rassomi (1967). Rassomlikni mustaqil oʻrgangan. 1933-y. dan Toshkentda yashagan. Maishiy kartinalari («Dam olish kunida», «Pensionerlar», «Mehmondorchilikda» va b.)da Oʻzbekiston manzaralari zaminida baxtiyor hayotni ifodaladi. Moyboʻyoq va akvarelda ham manzaralar tasviri («Chirchiq yoʻlida tong» va b.)ni yaratdi.