ChENNAY

ChENNAY (1996-y. gacha Madras) Hindistonningjan. qismidagi shahar, Bengaliya qoʻltigʻi sohilida. Tamilnad shtatining maʼmuriy markazi. Axoliyey 6,8 mln. kishi (2001).

Iqlimi issiq, yanv. ning oʻrtacha trasi 24°, iyulniki 32°. Yiliga oʻrtacha 1200 mm yogʻin yogʻadi. Teztez boʻlib turadigan tropik siklonlar shaharga katta zarar keltiradi. Chennay kattaligi jihatdan mamlakatda Mumbay, Dehli, Kalkuttadan keyin 4oʻrinda turadi. Chennay — Hindistonning eng katta portlaridan. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat, savdomoliya va madaniyat markazi. Chennayda mamlakat sanoat mahsulotining ʻ/]0 qismi ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik (ip gazlama), mashinasozlik (jumladan, vagonsozlik, harbiy), metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Neft qayta ishlanadi. Oziq-ovqat, tamaki, poligrafiya, elektronika, sement, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari mavjud. universitet (1857), Hindiston geogr. jamiyati, i. t. institutlari, texnika inti, Musiqa akademiyasi, markaziy kutubxona, davlat muzeyi, Milliy badiiy galereya, teatr, kinostudiya, rasadxona va b. bor. Ch. oʻrnida 17-a. boshlarida balikchilarning Madraspatam nomli qishlogʻi boʻlgan. Angliyaning OstIndiya kompaniyasi bu yerda qalʼa qurib (1639—40), bosh qarorgohini koʻchirib keltirgan. Oʻsha vaktdan Chennay inglizlarning Hindistondagi harbiy tayanch bazasi va savdo punkta. 1746—49 y. larda fransuzlar qoʻl ostida boʻlgan. 18-a. ning 2yarmi va 19-a. boshida Chennay inglizlarning Hindistonning jan. sharqiy qismidagi bosib olgan yerlarining siyosiymaʼmuriy markazi. Hindiston mustaqillikka erishgach (1947), Ch. Madras (1969-y. dan Tamilnad) shtatining maʼmuriy markazi. Chennay yaqinida tamil meʼmorligi yodgorliklaridan Maqabalipuram majmuasi saklangan.