ChENLA

ChENLA — ilk oʻrta ayerlar (6-a. oʻrtasi — 8-a. lar)da Mekong daryosi oʻrta oqimi boʻylarida yashagan monkxmer qabilalari birlashmasi. 8-a. da Chenlaning soʻnggi xukmdori malika Jayadeva davrida oʻzaro raqobatda boʻlgan knyazliklarga parchalanib ketgan. Chenla xukmdori Ishanavarman I (7-a. boshi — taxm. 635) Funan viloyatini egallab, oʻz hokimiyatini Gʻarbga, Angkor tomongacha tarqatgan hamda StungSen daryosi boʻyida Chenla poytaxti — Ishanapur sh. ga asos solgan. Chenla davridan gʻishtdan kurilgan koʻplab sajdagoxlar, xaykaltaroshlik namunalari, epigrafik yodgorliklar saklanib qolgan. Chenlaning madaniy anʼanalari keyinchalik Kambudjadesha davlatida davom ettirilgan.