ChEMBERLEN

ChEMBERLEN Nevill (1869.18.3, Ejboston, Birmingem — 1940.9.11, Xikfild) — Buyuk Britaniya davlat arbobi. Konservatorlar partiyasi raxbarlaridan biri. 1915—16 y. larda Birmingem sh. ning lordmeri. 1918-y. dan parlament aʼzosi (konservatorlar partiyasidan). Pochta vaziri (1922—23), Sogʻliqni saklash vaziri (1923, 1924 — 29, 1931). Moliya vaziri (193137). Konservatorlar partiyasi raisi (1930 — 31). 1937—40 y. larda bosh vazir va konservatorlar partiyasi rahbarlaridan biri. Gitler, Mussolini va Daladye bilan 1938-y. da Myunxen bitimini imzolagan. Chemberlen 1939 i. Moskvada bulib utishi koʻzda tutilgan agressorlarni jilovlashga qaratilgan xarbiysiyosiy ittifoq boʻyicha muzokaralarni barbod qilganlikda ayblangan. Natijada Angliya nihoyatda ogʻir vaziyatda 2-jahon urushiga kirgan. Ayni vaqtda Chemberlen Germaniya agressiyasini Sharqqa, yaʼni SSSRga qarshi yunaltirish buyicha koʻp harakatlarni amalga oshirdi. Germaniya 1940-y. ning bahorida Gʻarbiy frontda keng kulamda xujumga utganda Chemberlen bosh vazir lavozimidan isteʼfoga chiqishga majbur bulgan.