ChELAK

ChELAK — Samarkand viloyati Payariq tumanidati shahar (1981-y. dan). Ilgari uning oʻrnida Oytamgʻali qishlogʻi boʻlgan. Chelak tuman markazi (Payariq)dan 8 km, yaqin t. y. stansiyasi — Samarkand (36 km). Aholisi 16,6 ming kishi (2000). Xoʻjaliklari va aholisi Payariq kanalidan suv oladi. Shahardagi korxona va mikrofirmalar asosan, q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Chelakda Oʻzbekiston — Rossiya «BaltimorChelak» qushma korxonasi (tomat pastasi ishlab chiqaradi) faoliyat kursatadi. 4 savdo markazi, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 4 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa maktabi, kasbhunar kolleji, 3 kutubxona, 4 madaniyat uyi, stadion, sport zali, markaziy kasalxona, 8 dorixona va b. tibbiy muassasalar bor. Ch. yaqinidagi Xartang qishlogʻida Buxoriy yodgorlik majmui barpo qilingan (1998).