ChEKSIZLIK

ChEKSIZLIK (matematikada) — miqdorlar, kattaliklar va b. matematik tushunchalarni kengaytirish maqsadida ishlatiladigan tushuncha. Matematik analizda cheksiz kichik, cheksiz katta mikdorlar, geometriyada cheksiz uzoklashtan elementlar, haqiqiy sonlar tuplamini ikkita «maxsus» son — oo va +oo bilan, toʻplamlar nazariyasida natural sonlar qatori 1, 2,… ni transfinit sonlar bilan toʻldirish va h. k. shunday tushunchadir.

Mac, hosila tushunchasi cheksiz kichik ikki miqdor nisbatining limiti, integral esa soni cheksiz koʻp «cheksiz kichik»lar yigʻindisining limiti boʻlib, bunday «kengaytirishlar» mat. va b. fanlarda muhim ahamiyatga ega. Oʻzgaruvchan cheksiz kichik, cheksiz katta miqdorlarni oʻzgarmas cheksiz katta miqsorlardan farq qilish uchun «potensial» va «aktual» cheksizlik terminlari vujudga kelgan.