ChEK

ChEK (forstoj — pul xujjati) — 1) banqsagi hisobvaraq egasi (Ch. beruvchi)ning muayyan summadagi pulni biror shaxe (Ch. ni taqdim qiluvchi)ga toʻlash toʻgʻrisida bankka yoki kredit muassasasiga yoʻllagan yozma buyrugʻi, farmoyishi; pul hujjati, kdmmatli qogoz turi. Chek yoziladigan qotoz (Ch. qogozi) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan blanka (ish qogozi) tarzida maxsus daftarcha holida chiqariladi. Chek beruvchi oʻz hisobvaragʻidan oʻzi uchun pul olishda ham Chekdan foydalanadi. Cheklar nomi koʻrsatilgan (aniq bir shaxs nomiga yozilgan), order l i (biron bir shaxs foydasiga yozilgan) yoki taqdim etiladigan (takdim etuvchiga yozilgan) turlarga boʻlinadi. Banklar oʻrtasidagi oʻzaro hisobkitoblarda bank Ch. lari, sayohat va xizmat safarlarida har qanday bankda tezda naqd pulga almashtirish mumkin boʻlgan yoʻl Chek lari ishlatiladi. Yoʻl Cheklari nakd pul va kredit kartochkalari kabi toʻlaqonli toʻlov vositasi boʻlib, unda takdim etuvchining nomi koʻrsatiladi, Chek beruvchining shaxeiy imzosi bilan tasdiklanadi va pul olishda shaxeini isbotlaydigan hujjat koʻrsatilishini talab etadi;

2) chakana savdoda kassaning xaridordan pulni qabul qilib olgani toʻgʻrisidagi pattasi. Toʻlov oʻtkazilgan va xaridni olish mumkinligini tasdikdaydi va toʻlov oʻtkazilgan doʻkon (magazin) doirasida amal qiladi.