ChEYN

ChEYN (Chain) Ernst Boris (1906. 19.6, Berlin — 1979.12.8) — ingliz biokimyogari, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1949-y. dan). Berlin universitetini tugatgan (1930). 1933 ydan Angliyada. Kembrij biokimyo inti (1933—35), Oksford universiteti (1935—48), Italiyadagi Xalqaro kimyo mikrobiologiya markazida turli lavozimlarda ishlagan (1948—61). 1961 ydan London universitetida biokimyo prof. Ilmiy faoliyati insulinning kimyoviy asoslari, penitsillinning kimyoviy va klinik xususiyatlarini oʻrganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1945; A. Fleming va X. Flori bilan xamkorlikda).