ChEGARAVIY MASALALAR

ChEGARAVIY MASALALAR — berilgan sohada aniqlangan funksiyalarning biror sinfidan bu soxaning chegarasida berilgan shartlarni kanoatlantiruvchi funksiyani topish uchun moʻljallangan masalalar. Aniq hodisalarni ifodalovchi funksiyalar, odatda, matematik fizika tenglamalarining yechimlaridan iborat boʻladi. Matematik fizika tenglamalari (differensial, integral, integrodifferensial, funksional tenglamalar) cheksiz kup yechimlarga ega, shuning uchun ham kerakli birdanbir yechimni aniqlash uchun qoʻshimcha chegaraviy shartlar beriladi. Chegaraviy masalalarni tekshirishda integral tenglamalar, oldindan baholashlar, chekli ayirmalar usuli va b. usullar keng kullanadi.