ChEBOKSARI

ChEBOKSARI (chuvashcha — Shupashkar) — RF Chuvashiya Respublikasidagi shahar, respublika poytaxti (1925-y. dan). Volga daryosining oʻng sohilida, Cheboksar daryosining Volgaga kuyilish joyida. T. y. stansiyasi, avtomobil yoʻllari chorrahasi, aeroport bor. Yirik dare porti. Aholisi 440,6 ming kishi (2002). Ilk bor 1469-y. solnomasida uchraydi. 1555-y. dan Rus davlati qalʼasi. Volga boʻyining yirik savdo markazi. 1781-y. dan Kozon gubernyasi uyezd markazi. 1920-y. dan Chuvashiya muxtor viloyati markazi, 1925-y. dan Chuvashiya Muxtor Respublikasi poytaxti, 1992-y. dan Chuvashiya Respublikasi poytaxti. Yetakchi sanoat tarmoqlari: mashinasozlik (elektrotexnika sanoati, priborsozlik, traktorsozlik va b.), yengil (shu jumladan, ipgazlama kti); shuningdek, oziq-ovqat (sut zdi, goʻsht kti), qurilish materiallari sanoatlari mavjud. Issiqlik elektr styasi bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Chuvashiya universiteti), 5 teatr, 4 muzey (oʻlkashunoslik, badiiy, adabiyot va b. muzeylar), filarmoniya, kartinalar galereyasi faoliyat koʻrsatadi.

Meʼmoriy yodgorliklardan Troitsa monastiri (16-a.), Vvedeniye sobori (1651), Vozdvijeniye (1702) va Uspeniye (1763) cherkovlari, 17—18-a. larda qurilgan turar joy binolari saqlangan.