CHAGʻON

CHAGʻON — 8-a. boshlarida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh. Poytaxt Fir (Fil) sh. (q. Kot)sa. xorazmshohning saroyi joylashgan. Manbalarda aytilishicha, xorazmshoh Chagʻon oʻziga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan xalqqa boshchilik qilgan ukasi Hurzod (Xoʻrzod) ga qarshi kurashish uchun Xorazmga bostirib kirgan arablar lashkarboshisi Qutayba ibn Muslimdan harbiy yordam soʻraydi va oʻz shaharlarining oltin kalitlarini unga yuboradi (711-y.). Hurzod bu paytda oʻz tarafdorlari bilan Mizdahqonda turgan. Xorazmni bosib olishga 2 yilcha tayyorgarlik koʻrgan Qutayba bu ixtilofdan unumli foydalanib, Ibn alAsirning yozishicha, 712-y. da oʻz koʻshini bilan Fir sh. ga bostirib kirgan. Qutaybaga qarshi Hurzod qoʻshini mardlik bilan kurashgan. Biroq Hurzod jangda asir olinib oʻldirilgan. Xorazmshoh Ch. Hurzod tarafdorlari va oʻziga qarshi chiqayotgan Hamjir hokimlariga qarshi kurash olib borish uchun yana Qutaybadan yordam soʻraydi. Xorazmshoh Chagʻon oqibatda arablar hukmronligini tan olib, ularga xiroj toʻlashga majbur boʻladi. Xullas, Chagʻon hukmronligi davrida Xorazm oʻz mustaqilligini yoʻqotgan. Xorazmshoh Chagʻonning qoʻshinlari arablarning Samarkand va b. shaharlar ustiga qilgan yurishlarida bir necha marta ishtirok etganlar. Qutayba Xorazmni tark etgach, vatanparvarlar Chagʻonni xoinlikda ayblashgan. Sarosimada qolgan Chagʻon — turklar, soʻngra Qutayba huzuriga qochib borgan.

Ad.: Istoriya Xorezma, T., 1976.