CHAQMOQ

CHAQMOQ — atmosferada yuz beradigan uchqunli elektr razryadi. Bulutlar bilan bulutlar orasida yoki budutlar bilan yer orasida hosil boʻladi. Chaqmoq hosil qiluvchi momaqaldiroq bulutining elektr zaryadlari 10—100 Kl boʻlib, unga sabab elektr zaryadlarining birbiriga taʼsirlashuvidir. Chaqmoq chaqqanda atrof bir zum yorishib ketadi. Uzunligi bir necha km, diametri bir necha oʻn sm, davomiyligi sekundning oʻnlarcha ulushiga teng, tok kuchi 100 kA gacha boʻlishi mumkin. Bunday chizikli Chaqmoq bilan birga baʼzan sharsimon Chaqmoq ham chaqadi. Chaqmoq, asosan, bahor va yoz fasllarida kuzatiladi. Momaqaldiroq bilan birga yuz beradi (yana q. Yashin).