CHAQIRIM

CHAQIRIM (chaqirmoq soʻzidan) — qad. uzunlik oʻlchov birligi. Qadimdan Oʻrta Osiyoda katta masofalarni oʻlchash uchun qoʻllanib kelingan. Qiymati 1200 qadamga teng. Agar bir qadam oʻrtacha 0,75 m ekanligi hisobga olinsa, unda 14. =12000,75=900 m =0,9 km ga teng. Birok 19-a. oxiridan boshlab chop etilgan adabiyotlarda 1 Ch. 1500 gaz ga teng ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Bunda gazning 0,71+0,72 m ekanligi hisobga olinsa, 1Ch. =1500(0,71+0,72) = 1,065+1,08 km. Chor Rossiyasining 1894-y. da rus oʻlchov birligiga oʻtishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi chiqqan davrgacha 14. =0,9 km, undan keyin 1 Ch. =1,06+1,08 km ga teng boʻlgan. Hoz. vaqgda 1 Ch. de ganda 1 km tushuniladi.