CHAQILIKALON

CHAQILIKALON — Zarafshon tizmasining gʻarbiy qismidagi togʻ tizmasi. Sharqda Zarafshon daryosining chap irmogʻi (Magʻiyondaryo)dan boshlanib, gʻarbga Taxtaqoracha dovonigacha taxm. 70—75 km ga choʻzilgan. Eni 15—20 km. Bal. 2000—2500 m. Eng baland joyi uning sharqiy qismida (2936 m), gʻarbida esa 2388 m dan oshmaydi. Chaqilikalon assimetrik tuzilishga ega. Shim. yon bagri tik, qoyali. Suvayirgʻich qismida platosimon yuzalar uchraydi. Gʻarbiy chekkasining suvayirgʻich qismida Qirqgogʻ platosi mavjud. Chaqilikalon gersin burmalanishi davrida shakllangan. Mezozoyda koʻtarilgan togʻlar yemirilgan. Hoz. koʻrinishi yangi tekgonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Tektonik jihatdan antiklinoriy struktura. Tizma, asosan, silur va devon davri choʻkindi togʻ jinslari (ohaktosh va dolomitlar) dan tashkil topgan. Chaqilikalon iklimi qurgʻoqchil. Yozi ancha iliq, qishi sovuq. Oʻrtacha yillik tra 12,0° — 12,3°. Yillik yogʻin 800 mm (Omonqoʻtonda), togʻ yon bagʻirlarida 550 mm dan oshmaydi. Chaqilikalondan boshlanadigan daryolar (Qorasuv, Urgutsoy, Kamongaron, Omonqoʻtonsoy va b.) Zarafshon va Qashqadaryo daryolari havzasiga mansub.

Chaqilikalon tizmasi hududida, asosan, jigarrang tuproqlar tarqalgan, togʻ oldi qismlarida boʻz tuproqlar uchraydi. Tizma hududi adir va togʻ oʻsimliklari mintaqasiga kiradi. Mezokserofil va efemer oʻsimliklar oʻsadi. Tizmaning shim. yon bagʻrida yongʻoq, yovvoyi olcha va b. daraxtlardan tashkil topgan oʻrmonlar mavjud. Chaqilikalonda koʻplab karst relyef shakllari (karrlar, karst voronkalari, botiqlari, quduqlar, shaxtalar, gʻorlar) vujudga kelgan. Chaqilikalonning Qirqtogʻ platosida Kiyev tri bor.