CHAQAR MASJIDI

CHAQAR MASJIDI — Margʻilondagi meʼmoriy yodgorlik (1911); xonaqoh, ayvon va xoʻjalik binolaridan iborat boʻlgan. Bizgacha binoning ayvon qismi saqlangan. Ayvonning uch tomoni yopiq, shifti toʻsinlar yordamida toʻgʻri toʻrtburchaklarga boʻlinib, ularning har biriga gullar solingan guldonlar ishlangan, rangbarang naqshlar bilan serhasham bezatilgan.