CHASHMAI AYYUB

CHASHMAI AYYUB — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (11-a., 1380). Muqaddas ziyoratgoh binosi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (19×26 m) boʻlib, gʻarbdan sharqqa choʻzilgan 4 xonadan iborat, har bir xona birbiriga oʻxshamagan gumbazlar bilan qoplangan. Dastlab eng qad. xona — murabba tarhli (4,5 x 4,5 m) quduqxona bunyod etilgan (Arslonxon tomonidan Minorai kalon va Namozgoh masjidi bilan bir davrda qurilgan degan rivoyatlar saklangan), uning ikki yonida ziyoratchilar uchun oʻz vaqtida 2 eshigi boʻlgan; old tomoniga toqli xona (4,5×4,5 m) tutashtirib qurilgan, u binoga peshtoq vazifasini oʻtagan, qoʻsh gumbazli, oldi peshtoqli. Ziyoratxona devorida Amir Temur farmoyishiga binoan 1379-y. da unga taqab kulohiy gumbazli katta xona, burchaklarida minoralari boʻlgan daxdiz qurilganligi yozilgan. Binoning qad. qismi ichkarida qolgan. Rivoyatlarga koʻra chashmaquduq Ayyub paygʻambar qadamjoyi.