CHATIRKOʻL

CHATIRKOʻL — Kirgʻiziston Respublikasi Norin viloyatidagi kul. Markaziy Tyanshanda. Shim. da Otboshi va jan. da Toʻrugʻarttov togʻlari orasida, 3530 m balandlikdagi soylikda joylashgan. Mayd. 175 km2, uz. 23,5 km, eng keng joyi 12 km. Koʻl sayoz, oʻrtacha chuq. 3,8 m (eng chuqur joyi 22 m). Chatirkoʻlga atrofidagi togʻlardan bir qancha soy va jilgʻalar oqib tushadi, undan suv oqib chiqmaydi. Iyun — iyul oylarida suv sathi ancha koʻtariladi, yanv. fevralda pasayadi. Suvi chuchuk, sharkiy qismida bir oz shoʻr. Noyab. dan apr. gacha muz bilan qoplanadi.