CHARXIY

CHARXIY (taxallusi; asl ismsharifi Hamroaliyev Asqarali) (1900.23.2 Qoʻqon 1979.18.12) Oʻzbekiston xalq shoiri (1975). Qoʻqondagi madrasalarning birida taʼlim olgan. Illy vaqtda mumtoz sheʼriyat namoyandalari ijodi bilan yaqisdan tanishgan va xattotlik sanʼatini oʻrgangan. Qoʻqondagi «Quvvat» artelida gulabardor (toʻquvchilik korxonalarida gula tayyorlash yoki tandaga gula koʻtarish ishi, kasbi, 192638), Navoiyning 500-yilligiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tuzilgan qoʻmitada xattot (1939), Muqimiy uymuzeyida ilmiy xodim (1941), Qoʻqon shahar teatrida adabiy emakdosh (1942—47), Gʻafur Gʻulom nomidagi viloyat Adabiyot muzeyida (1950—79) ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

Ch. Hofiz, Saʼdiy, Navoiy, Bedil singari Sharq mumtoz shoirlari va Muqimiy, Furqat, Zavqiy singari zamondoshlari ijodidan saboq olish bilan birga Sulaymonqul Rojiy va Mirza Hoʻqandiydan aruz ilmini oʻrganib, 1916-y. dan eʼtiboran gʻazallar yoza boshlagan. Uning asarlari ilk bor 1938—39 y. larda «Yangi Fargʻona» gaz. va keyinchalik «Mushtum» jur. da eʼlon qilingan. Charxiy oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, ham lirik, ham hajviy sheʼriyat janrlarida ijod qilgan. Charxiy ijodining asosiy janrlari gʻazal, muxammas va masnaviydir. Charxiyning «Shirin va achchiq» (1959) ilk sheʼriy guldastasidan keyin «Sheʼrlar» (1966), «AlixoʻjaXoʻjaali» (1970), «Devon» (1972) va «Beshigingda yotmayman» (1975) toʻplamlari nashr etilgan. Shoirning koʻplab gʻazallariga kuy bastalanib, xalq hofizlari tomonidan ijro etib kelinadi.

As: Devon, T., 1972.