CHARX

CHARX — 1) qoʻdda ip yigirishda foydalaniladigan qad. asbob. Unda, asosan, paxta, jun va b. tolalar yigiriladi. Koʻrinishi dasta bilan aylantiriladigan gʻildirak (baraban) shaklida boʻladi. Oʻrta Osiyoda paxta ekib, ip yigirish milod boshidayoq maʼlum boʻlgan. Paxta va jun tolasidan ip yigirish uchun oldin urchuq, keyin uni takomillashtirib, Charx yasalgan. 18-a. da mashinada ip yigirishga oʻtilgach, Charxga ehtiyoj kamaygan, lekin ayrim chekka joylarda undan hali ham foydalaniladi (q. Yigirish); 2) qaychi, pichoq, tesha, ketmon, oʻroq va b. kesuvchi asboblarni oʻtkirlash (charxlash) uchun ishlatiladigan asbob. Dastaki va elektr Ch. lar bor. Dastaki Charx doirasini charxchi oyoqsa tepkiga bosib aylantiradi. Hunarmandlar (mac, degrezlar, misgarlar, kulollar) chuyan buyumlar qolipi yasaladigan, mis va sopol buyumlar sirti silliqlanadigan asboblarni ham Charx deb atashadi;

3) ayrim asboblar va qurilmalarning aylanadigan qismi. Mac, charxlash stanogintlpt abraziv (jilvir) doirasi Charx hisoblanadi.