CHAPQIRGʻOQ QORASUV KANALI

CHAPQIRGʻOQ QORASUV KANALI — Chirchiq daryosining chap sohilidan chiqarilgan kanal (dare) (Toshkent viloyati). Yuqori Chirchiq gidrouzelidan boshlanib, Shamalak gidrouzeligacha davom etadi. Uz. 87 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 180 m3/s. Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Oqqoʻrgʻon tumanlarida 165 ming ga yerni sugʻoradi. Kanalga koʻpgina soy suvlari kelib qoʻshiladi. Eng yiriklari: Juzuruqsoy, Parkentsoy, Samsaraksoy, Qizilsoy. Qorasuv kanali qad. kanallardan biri. Bir necha toʻgʻonli suv olish inshootlari bor. Ularning birinchisi — Nayman toʻgʻoni (kanalning 59 km da). 1926-y. da qurilgan boʻlib, RK7, RK71, Olgʻabos kanallariga suv beradi. 1930—32 y. larda 74km da Xontoʻgʻon suv olish inshooti qurildi. Inshoot toʻgʻon va Morgunenkov nomidagi RK8, RK9 kanallariga suv beradigan taqsimlagichlardan iborat. 1960—70 y. larda kanalning 3, 13, 36 va 56 km larida yana 4 suv olish uzellari qurildi. 68km da kanalga Tuyaboʻgʻiz suv omboris&n kanal orqali suv olinadi. Chapqirgʻoq Qorasuv Kanalining 36km da I. A. Polvonov nomli Toshkent kanali boshlanadi (sxemasi Toshkent kanalidya berilgan).